AsosiyJamiyat

​Diniy estremizm ​bilan ayblangan shaxs oila a`zolari bag`riga qaytarildi

'​Diniy estremizm ​bilan ayblangan shaxs oila a`zolari bag`riga qaytarildi'ning rasmi

Diniy estremizm bilan bog`liq bo`lgan jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan shaxs o`zining ixtiyori bilan Buxoroga qaytdi, deb xabar bermoqda Buxoro IBB.

Xabarda qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB tezkor-xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, 1984 yilda Olot tumanida tug`ilgan, Bunyodkor MFY, Iftixor ko`chasi 16-uyda yashagan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2442-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo`lgan Narziev Farrux Turamurodovichga nisbatan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, uning yaqin qarindoshlari bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, F.Narziev ixtiyoriy ravishda O`zbekiston Respublikasiga qaytib kelib, o`zini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishga ko`ndirildi.

Viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda unga nisbatan qo`llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan, ya`ni “munosib xulq atvorda bo`lish to`g`risidagi tilxat” ehtiyot chorasiga o`zgartirilib, Farrux Narziev olib borilgan tegishli suhbat va tushuntirish ishlaridan so`ng o`z oilasi bag`riga yuborildi.


    Boshqa yangiliklar