AsosiyJamiyat

Urganchda uy-joy bo`yicha pora talab qilgan bir guruh shaxslar qo`lga tushdi

'Urganchda uy-joy bo`yicha pora talab qilgan bir guruh shaxslar qo`lga tushdi'ning rasmi

Urganch shahrida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni biriktirish masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha hududiy komissiya tarkibidagi bir guruh shaxslar 2018 yil 10 aprel kuni uy-joyga muhtoj bo`lib, murojaat qilgan fuqaro X.Otajonovdan ajratilgan bir xonali kvartirani uch xonalisiga almashtirish masalasida yordam berishni va`da qilib, uning ishonchiga kirib, 3 million so`m pulni qonunga xilof ravishda olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan, bir guruh shaxslarga nisbatan firibgarlik bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar