AsosiyDunyo

Turkmaniston qiymati 2 milliard AQSh dollariga teng xalqaro port ochmoqchi

'Turkmaniston qiymati 2 milliard AQSh dollariga teng xalqaro port ochmoqchi'ning rasmi

Turkmaniston Turkmanboshi shahrida qurilgan xalqaro portni 2 may kuni ochishni rejalashtirmoqda.

13 aprel kuni hukumat majlisida Bosh vazir o`rinbosari Reshid Meredovning hisobotini tinglagach, prezident Gurbanguli Berdimuxamedov mintaqaviy va qit`alararo transport yo`lida joylashgan Turkmaniston bu sohada o`z imkoniyatlarini samarali hayotga tatbiq etishga intilayotganini ta`kidladi.

Turkmanboshi, sobiq Krasnovodsk shahrida “Osiyo darvozasi” deb nomlangan dengiz porti mavjud edi.

1991 yilga qadar Krasnovodsk dengiz portiga Dog`iston, Maxachqala, Astraxan, Bakudan yo`lovchi kemalari kelar edi. 33-35 ta temiryo`l vagonlari bo`lgan yuk kemalari suzib kelardi.

Turkmanboshida yangi port qurilishi 2013 yilning martida boshlangan edi. Qurilish turkiyalik tadbirkor Axmet Chalikka tegishli "GAP Inshaat" kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar