AsosiyJamiyat

Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida yangi kafedra ochildi

'Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida yangi kafedra ochildi'ning rasmi

Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida Ipakchilik kafedrasi tashkil etildi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qildi.

Shu munosabat o`tkazilgan tadbirda ta`kidlanganidek, Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi “O`zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida pillachilik tarmog`i uchun kadrlar tayyorlash yo`nalishlari bo`yicha o`quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish hamda yangilash vazifalari belgilab berilgan edi.

“O`zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan mazkur hujjatning izchil ijrosini ta`minlash, ipakchilik sohasini rivojlantirishda sifat menejmentining zamonaviy usullarini qo`llash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida oliy ta`lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik o`rnatilmoqda. Buning samarasi o`laroq, Toshkent davlat agrar universiteti, uning Nukus va Termiz shaharlaridagi filiallari, Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali, Farg`ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya institutlari bilan o`zaro aloqalar yo`lga qo`yildi.

Uyushma ko`magida Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutida Ipakchilik kafedrasi tashkil etilishi esa soha uchun zamonaviy bilimlarni o`zlashtirgan raqobatdosh kadrlar tayyorlash yo`lidagi navbatdagi muhim qadam bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar