AsosiyJamiyat

​"Temurbeklar maktabi"da ilk marotaba "Yosh kitobxon" ko`rik-tanlovi o`tkazildi

'​"Temurbeklar maktabi"da ilk marotaba "Yosh kitobxon" ko`rik-tanlovi o`tkazildi'ning rasmi

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi doirasida Farg`ona viloyatida "Temurbeklar maktabi" o`quvchilari hamda harbiy xizmatchilar o`rtasida "Yosh kitobxon" ko`rik-tanlovi o`tkazildi.

Tanlovni Oliy Majlis Senati a`zosi, O`zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ochib berdi.

"Temurbeklar maktabi" o`quvchilari o`rtasida ilk marotaba tashkil qilingan "Yosh kitobxon" ko`rik-tanlovi yosh harbiylarni kitobga bo`lgan muhabbatini uyg`otadi degan umiddaman, - dedi Iqbol Mirzo. — Sizlarga berilayotgan imkoniyatlardan to`g`ri foydalanib, vataningizni asrashdek buyuk burchni to`liq ado etishingizga ishonaman!

Yig`ilganlar tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad — Vatan xizmatiga shay turgan alp o`g`lonlarning ma`naviy dunyoqarashini boyitish, bugungi kunda ular sevib mutolaa qilayotgan kitoblardan boxabar bo`lish va yangidan yangi asarlarni mutolaa qilishga undashdan iborat ekanligini alohida ta`kidlashdi.

O`quvchilarning bilimi turli shartlar asosida sinovdan o`tkazildi.

Tanlov natijalariga ko`ra, 3-o`rin Norbo`taev Sunnatilloga, Abdullaev Nurmuhammadga, 2-o`rin Qurbonov Husniddinga va Yusupov Shonazarga, 1-o`rin esa uzoq tortishuvlardan so`ng, Ro`ziboev Muhammadjonga nasib qildi.



— Tanlov qiziqarli, shu bilan birga hayajonli bo`ldi. Ammo, o`z bilimiga ishongan harbiylarning iqtidorini ko`rsatishda munosib maydon bo`ldi, - deydi Muhammadjon Ro`ziboev.

«Timurbeklar maktabi» o`quvchilari ham tanlovga munosib ishtirok etdi. G`oliblar kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar