Arxeologlar Peruning shimoliy qirg`oqlaridan qo`shimcha a`zolari bilan ko`milgan o`nlab odamlarning qabrlarni topishdi.
Topilmaning yoshi taxminan 1900 yil. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, suyaklar taxminan miloddan avvalgi 300 — 500 yillarda shu erdagi baliqchilar qishlog`ining aholisiga tegishli.
Arxeologik izlanishlar vaqtida 54 skeletning 30 tasi qo`shimcha qo`llar va oyoq bilan ko`milgani ma`lum bo`ldi. Bundan tashqari, bu erdan metal va keramikadan salgan buyumlar ham topilgan.
Aniqanishicha, ko`p suyaklarda jarohat izlari bor. Taxmin qilinishicha, ular o`tkir va to`mtoq narsalarning asoratlari. Olimlarning aytishicha, bu ularning hammasi zo`ravonlik oqibatida hayotdan ko`z yumganini anglatmaydi.






