AsosiyJamiyat

Buxoroda bog`cha mudirasi pora olayotganda qo`lga olindi

'Buxoroda bog`cha mudirasi pora olayotganda qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Buxoro shahridagi 81-sonli maktabgacha talim muassasiga borib, ushbu muassasa mudirasi Shoira Ataevaga o`zining 2 nafar qizlarini ushbu maktabgacha ta`lim muassasalariga joylashtirish maqsadida murojaat qiladi.

Ularni ushbu muassasaga joylashtirish orqali mumaygina daromad orttirishi mumkinligini ko`zlagan, nafsining quliga aylangan mudira esa, qizlarini muassasaga joylashtirish niyatida bo`lgan fuqarodan 600 ming so`m pul talab qilib, agarda shu pullarni bersagina qizlarini ta`lim olishlari uchun joylashtirishi mumkinligini aytadi.

O`z haq-huquqlarini to`g`ri anglagan fuqaro mudiraning ushbu harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i nomiga ariza orqali murojaat qilishga majbur bo`ladi.

Ushbu ariza yuzasidan Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-tadbirlar davomida, 1964 yilda Buxoro shaharda tug`ilgan, Buxoro shahrida joylashgan 81-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining mudirasi, Kogon tumani, Nurafshon ko`chasi 152-uyda yashovchi Ataeva Shoira Axmadovna o`zining xizmat xonasida ariza muallifidan 600.000 ming so`m miqdoridagi pullarni pora sifatida olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo`lga olinadi.

Buxoro IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan to`plangan xujjatlar SVOJvaJDLQK Departamentining Buxoro viloyat bo`limiga qonuniy qaror qabul qabul qilinishi uchun yuborildi.

    Boshqa yangiliklar