AsosiyJamiyat

Uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha qurilayotgan uy-joylar tekinga beriladi

'Uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha qurilayotgan uy-joylar tekinga beriladi'ning rasmi

Ushbu xayrli ishlar Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida nazarda tutildi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag`lari hisobidan ushbu idora tizimidagi diniy-ma`rifiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga, shu jumladan, imom-xatiblarga oylik ish haqi to`lanadi, shuningdek, uy-joyga muhtoj xodimlar xizmat uy-joylari bilan ta`minlanadi.

Ko`p yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha qurilayotgan uy-joylar sotib olinib, tekinga beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasiga asosan idora tizimidagi diniy-ma`rifiy tashkilotlar xodimlariga xizmat uy-joylari va ularga sotib olib berish uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha qurilayotgan uy-joylarning ajratilishini ta`minlaydi.

2018 yil 1 iyuldan boshlab O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi o`qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi bo`yicha mehnatga haq to`lash razryadlariga ko`ra tarif koeffisientlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo`llaniladi.

Pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo`lgan taqdirda pensiyalari to`liq to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar