AsosiyJamiyat

Olmaota viloyati delegasiyasi Andijondagi qator sanoat korxonalarida bo`lib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi

'Olmaota viloyati delegasiyasi Andijondagi qator sanoat korxonalarida bo`lib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi'ning rasmi

Andijon viloyatiga Qozog`iston Respublikasi Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalov boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Prezidentimiz tomonidan qo`shni mamlakatlar bilan o`zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan izchil tashqi siyosat samarasida qo`shni davlatlar bilan hududlararo hamkorlik kengaymoqda. Xususan, Andijon viloyati Qirg`izistonning O`sh, Jalolobod viloyatlari hamda Rossiya Federasiyasi va Qozog`istonning qator hududlari bilan do`stona aloqalarni yo`lga qo`ydi.

15.JPG

2017 yilda Andijon viloyatidan Qozog`istonga 121 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ushbu mamlakatdan viloyatga 40 million dollarlik mahsulot etkazib berilgan.

Olmaota viloyati delegasiyasining mazkur tashrifi hududlar o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tovar almashuvi va aholining bordi-keldisini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

18.JPG

Muzokara chog`ida mehmonlarga viloyatning eksport imkoniyatlari xususida ma`lumot berildi. Jumladan, keng turdagi sanoat tovarlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kabel mahsulotlari, qurilish materiallari, trikotaj va charm-attorlik buyumlari etkazib berish yuzasidan fikr almashildi.

9.JPG

Qo`stanayda «GM Uzbekistan» avtomobillari yig`ilishi boshlangani, ayni kunda viloyatda qozog`istonlik tadbirkorlar kapitali ishtirokida qo`shma korxonalar faoliyat olib borayotgani o`zaro munosabatlarda yangi sahifa ochishi qayd etildi.

1-faqat saytga.JPG

Delegasiya a`zolari viloyatdagi qator sanoat korxonalarida bo`lib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi. Tashrif yakunida hamkorlik bo`yicha o`zaro manfaatli kelishuvlar imzolandi.

    Boshqa yangiliklar