Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja, Ustyurtda kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi. Toshkent viloyatining 2100 metrdan baland hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
17.04.2018 08:49
18 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti






