AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Imom Buxoriy” davlat mukofoti ta`sis etiladi

'O`zbekistonda “Imom Buxoriy” davlat mukofoti ta`sis etiladi'ning rasmi

Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq Toshkent islom universiteti negizida O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilishi, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining oliy diniy-ma`rifiy ta`lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi tashkil etilishi, O`zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi asosiy vazifalari belgilandi.

2018 yil 1 iyuldan boshlab O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi:

- o`qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi bo`yicha mehnatga haq to`lash razryadlariga ko`ra tarif koeffisientlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo`llaniladi;

- pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo`lgan taqdirda pensiyalari to`liq to`lanadi.

Mazkur imtiyozlar barcha diniy-ma`rifiy tashkilotlar xodimlariga tatbiq etiladi.

Islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o`rganish, mamlakatimiz dovrug`ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo`shib kelayotgan shaxslarni rag`batlantirish maqsadida “Imom Buxoriy” davlat mukofoti ta`sis etiladi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta`sis etish chora-tadbirlari to`g`risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish topshirildi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqi axborot” kanali xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar