AsosiyJamiyat

Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari o`zgardi

'Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari o`zgardi'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimligining 16 aprel kuni o`tkazilgan yig`ilishida Qobilov Rustam Rajabboevich Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari sifatida tanishtirildi.

Ushbu vazifada ishlab kelgan Umarov Azamat Mardonovich o`z arizasiga ko`ra lavozimdan ozod etildi.

1984 yilda Tayloq tumanida tug`ilgan Rustam Qobilov shu paytgacha O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar