AsosiyShou-biznes

Shahzoda Ibrohim hukmdor...

'Shahzoda Ibrohim hukmdor...'ning rasmi

Serialda yosh shahzoda Ibrohim rolini aktyor Aybars Dyuzey ijro etgan...

Ridvan Aybars Dyuzey aktyorlik mahorati saboqlarini Istanbuldagi mashhur “Kraft” aktyorlik studiyasida olgan. Aktyor hamkasblaridan baland bo`yi (183 sm.) bilan ajralib turadi. Ridvan teatrdagi spektakllar orqali mashhurlikka erishgan. Shuningdek, aktyor kinoda ham faol. Aktyorning repertuari soddagina, qator rollarga boy emas. “Mening ismim Gultepa” kinodagi ilk qadami edi. Aynan shu filmdagi roli orqali Turkiyada dong`i chiqqan. 2016 yili kutilmaganda yosh aktyorni “Ko`sem” serialining kinosinoviga chaqirishadi. Mahorati sabab Ridvan Aybars Dyuzey shahzoda Ibrohim roliga tasdiqlanadi. Shahzoda xuddi amakisi Mustafodek xasta bo`ladi. Sulton Ibrohim tez-tez jazavaga tushish kasalligi xuruj qilib, oilasi, singlisi, ko`proq volidasi Ko`semga zulm o`tkazgan. Sulton Ibrohim taxtga o`tirib, oila quradi. Xastaligi oqibatida hatto o`z o`g`li – shahzoda Mehmedni ham saroydagi fontanga uloqtiradi.

“Ko`sem” seriali aktyor Ridvan Aybars Dyuzey uchun katta kinoga yo`l ochgan bo`lsa ajabmas. Taqdirning bu tuhfasidan qay darajada foydalana olishini esa vaqt ko`rsatadi.

Shahzoda Ibrohim:

Taxt va saltanatni er yutsin, men yashashni istayman!

  • Ridvan Aybars Dyuzey 1986 yilning 19 noyabrida Izmir shahrida tug`ilgan.


  • Ibrohim I Atike sultonning egizak ukasi. Shahzoda xuddi amakisi Mustafodek gallyusinasiya ko`radi. Bu esa Ibrohimni asabiy qilib qo`yadi. Vaqt o`tib uning qo`rquvlari o`z “so`z”ini aytadi.
  • Ibrohim onasining yagona tirik qolgan vorisi bo`ladi. U Sulton Ahmed va Ko`sem sultonning o`g`li Muroddan so`ng taxtga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar