AsosiyJamiyat

Yaponiya kompaniyasi O`zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod qurmoqchi

'Yaponiya kompaniyasi O`zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod qurmoqchi'ning rasmi

Yaponiyaning “Kawasaki Heavy Industries” konserni O`zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavod qurishni mo`ljallamoqda. Bu haqda «Xalq so`zi» nashri ma`lum qildi.

Konsern bo`lib boshlig`i T. Takasina ta`kidlashicha, kompaniya O`zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish niyatida.

Uning so`zlariga ko`ra, “Kawasaki Heavy Industries” O`zbekistonda GTG texnologiyasi asosida tabiiy gazdan benzin ajratib oladigan zavod qurish masalasini o`rganmoqda.

Takasinaning fikriga ko`ra, kompaniya loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya hukumatidan moliyaviy ko`mak olishni ham mo`ljallamoqda.

Shuningdek, u “Kawasaki Heavy Industries” delegasiyasi yaqin vaqt ichida O`zbekistonga tashrif buyurishi va mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan muhokama o`tkazishni rejalashtirilayotganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar