AsosiyShou-biznes

“Respublika kinoprokat markazi”ga rahbar tayinlandi

'“Respublika kinoprokat markazi”ga  rahbar tayinlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta`minlashga yo`naltirilgan Respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 272-son qaroriga asosan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi...

Hozirgi kunda korxona o`z faoliyatini boshlamoqda. “O`zbekkino” Milliy agentligining boshqarma boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtarov Ma`rufjon Mardonkulovich rahbar etib tayinlandi.
Ma`lum o`rnida, Ma`rufjon Muxtarov oliy huquqshunos ma`lumotiga ega bo`lib, 2013 – 2018 yillarda Agentlik markaziy apparatida dastlab Kadrlar bo`limi boshlig`i, keyinchalik Bosh yuriskonsult, Tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy masalalar boshqarmasi hamda Kinoloyihalarni tematik rejalashtirish, filmlarni ekspert baholash va lisenziyalash boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U faoliyati davomida sohani huquqiy jihatdan chuqur o`rganib, qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid barcha qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
Eslatib o`tamiz, quyidagilar “Respublika kinoprokat markazi” DUKning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta`minlashga yo`naltirilgan Respublika kinoprokat tizimini tashkil etish;
  • Kinoprokat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, aholiga kinovideo xizmati ko`rsatish bo`yicha maqsadli dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Filmlarni namoyish qilish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub`ektlarini kinoprokat tizimiga jalb qilishni tashkil etish, ushbu tizimga jalb qilingan tadbirkorlik sub`ektlarini filmlar bilan ta`minlash;
  • Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlarning respublika hududidagi kinoprokati bo`yicha distribyuterlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, milliy filmlarni xalqaro kinoprokatga olib chiqish;
  • Zamonaviy xalqaro andozalarga muvofiq kinoteatr va kinozallarda yagona texnologik standartlarni shakllantirish va joriy qilishda ishtirok etish.

    Boshqa yangiliklar