AsosiyJamiyat

Belgiyada O`zbekistondagi Sog`liqni saqlash tizimi taqdimoti bo`lib o`tdi

Belgiyaning HEALTHCARE BELGIUM assosasiyasida “Sog`lom bola yili” davlat dasturi asosida Belgiyadagi O`zbekiston elchixonasi tomonidan Sog`liqni saqlash tizimi doirasidagi taqdimot o`tkazildi, deya xabar beradi www.uz24.uz sayti.

HEALTHCARE BELGIUM asossasiyasi 2007 yili tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. U Belgiyadagi etakchi tibbiy tashkilot bo`lib, Belgiyadagi tadbirkorlar federasiyasi a`zosi sanaladi.

Tadbirda O`zbekstonda Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan ishlar, xususan poliklinika va shifoxonalarning zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta`minlanganligi, mamlakatda o`lim sonining kamayganligi, mahalliy va qishloq joylarda tibbiy xizmatning yaxshilanganligi va shu kabi qator ishlar haqida ma`lumot berildi.

Shu bilan birga O`zbekiston bolalar salomatligini saqlash bo`yicha dunyoning etakchi mamlakatlaridan biri sanalishi aytib o`tildi. 

    Boshqa yangiliklar