AsosiyDunyo

AYoQShdagi yong`in davomida polisiya xodimi haydovchining hayotini saqlab qoldi (VIDEO)

AQShdagi avtomobil yoqilg`i quyish shahobchalarining biriga Toyota rusumli mashina kelib urildi.

Ushbu dahshatli YTHdan so`ng xizmatda bo`lmagan Nyu-York polisiyasi xodimi Jon Vessio AYoQShga kelib urilgan avtomobil haydovchisini hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Sky News xabar beradi.

Avvaliga u voqea joyida alanga chiqqani sababli uzoqlashadi, ammo tezda ortga qaytib Toyota avtomobilining 69 yoshli haydovchisini mashinadan olib chiqadi.  Shundan so`ng, u odamlarni voqea joyidan uzoqlashishlarini so`raydi. Ma`lum bo`lishicha, polisiya xodimining avtomobilida qurollar bo`lgan. Shu tufayli u yana ortga qaytib mashinadan ushbu buyumlarni oladi.

    Boshqa yangiliklar