AsosiyDunyo

Dmitriy Medvedevning ilk selfisi rekord o`rnatmoqda

Dmitriy Medvedev ilk marta o`zini o`zi suratga oldi. Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri ilk selfini “Oq uy” liftida tushirdi. Medvedev ushbu suratni Instagram’dagi sahifasiga joyladi.

Yarim soat ichida surat 20 ming ta layk yig`di, hozirga kelib esa layklar soni 97 mingtaga etdi. Dmitriy Medvedev  Iphone yordamida lift oynasidagi aksini suratga oldi.  
“Obunachilar talab-istaglariga binoan. Ular endi 400 ming nafar, rahmat”,-deya suratga izoh qoldirdi bosh vazir.    

Selfi - o`zini o`zi yoki aksini suratga olish. Bu  ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ommalashgan. 

 

    Boshqa yangiliklar