Jeneva shahrida BMTning inson huquqlari to`g`risidagi 26-sessiyasisida BMT maxsus ma`ruzachisi Anand Grover barcha delegatlar oldida “fastfud” iste`mol qilish kishining semirishiga olib kelishi va ushbu xolat global epidemiyaga sabab bo`lishi haqida o`z fikrlarini bildirgan.
U gamburger, chizburger, pissa kabilarni doimiy ravishda iste`mol qiladigan kishilar orasida bugungi kunda dunyoda 2,1 milliard kishi semirish kasaliga chalingani, har yili shunday "ishqiboz"lar orasida 2,8 million kishi hayotdan ko`z yumayotganini bildirgan.
Ma`ruzachi kam miqdorda bo`lsa-da bunday taomlarni iste`mol qilish inson salomatligi uchun havfli ekanini bildirgan. Bu haqda www.uzreport.uz sayti xabar beradi.





