Reysi bekor qilingan yo`lovchi, Las-Vegas aeroportida kechasi bilan yolg`iz qolib ketdi.
Ushbu vaqtda zerikib qolgan Richard Dann o`z ayfonida Selin Dion ijrosidagi xit qo`shiqlarning biriga klip suratga oldi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Richard Dann ushbu nohush holatga boshqa tomondan yondashdi. Aeroportda kechasi bilan qolishga majbur bo`lgan yo`lovchi Selin Dionning All by Myself qo`shig`iga klip suratga oldi. Video bitta telefonda suratga olinganiga qaramay, video sifati ancha yuqori va klip syujetlari ham yaxshi o`ylangan.





