AsosiyDunyo

Hindistonda yuz bergan avtohalokatda 12 kishi nobud bo`ldi

Hindiston sharqidagi Bixar shtatida mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishdagi yo`lga chiqib yuk mashinasi bilan to`qnashib ketdi.

YTH oqibatida 12 kishi halok bo`ldi. 8 kishi fojea joyida, yana 4 kishi shifoxonaga yo`lda halok bo`lgan. 6 nafar yo`lovchi  jarohatlandi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”.

Hindiston YTH qurbonlari bo`yicha jahonda etkachilik qilmoqda. 2011 yili mamlakatda YTH qurbonlari 140 ming kishi bo`lgan bo`lsa, 2012 yili bu ko`rsatkich 150 mingtaga etdi.

    Boshqa yangiliklar