Shu kunlarda Braziliyaning San-Paulo shahrida FIFA 64-Kongressida bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov FIFA prezidenti Zepp Blatter tomonidan futbolni rivojlantirishdagi hissalari uchun “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Ushbu orden har yili bir marotaba FIFA Kongressi tomonidan futbol rivojiga o`z hissasini qo`shgan shaxslarga taqdim etiladi. Bu haqda www.UzReport.uz sayti xabar beradi.





