2013 yilda OTM (Yaponiyani hisobga olmaganda) aholisining boylik darajasi 30 foizga oshgan va 37 trillion AQSh dollariga etgan. Bunga asosan Xitoy va Hindiston yalpi ichki mahsulotining o`sgani va jamg`armalarga yuqori meyyor belgilangani sabab bo`ldi.
Osiyo - Tinch okeani mintaqasi (OTM) joriy yildayoq farovonlik bo`yicha G`arbiy Evropani ortda qoldiradi. Yana to`rt yildan so`ng esa eng boy mintaqa sifatida Shimoliy Amerikani siqib chiqaradi. Bu haqda “RIA Novosti” Boston Consulting Group kompaniyasi tomonidan e`lon qilingan Global Wealth 2014 hisobotiga tayangan holda xabar beradi.
Hujjatda aytilishicha, o`sish darajasining bunday katta sur`atda davom etishi 2018 yil oxirigacha OTM fuqarolari boyligi 61 trillion dollarga etishiga sababa bo`lishi mumkin.





