6 iyun kuni Butunjahon sayyohlik tashkiloti ijroiya kengashi 99-sessiyaning Samarqandda o`tkazilishini bir ovozdan qo`llab-quvvatladi.
Ushbu qaror YuNVTOning Ispaniyadagi Santyago-de-Kompostela shahrida 2014 yilning 4-6 iyun kunlari o`tgan 98-sessiyasida qabul qilindi. 99-sessiyaning aynan Samarqandda o`tkazilishi haqida dastlab Berlindagi ITB-2014 Butunjahon sayyohlik yarmarkasi Butunjahon sayyohlik tashkilotining ijrochi direktori Zoltan Shomogi e`lon qilgan edi. Bunday tadbirning Samarqandda o`tkazilishi butun mintaqa uchun katta ahamiyatga ega.
Eslatib o`tamiz, bundan 20 yil ilgari Buyuk ipak yo`li bo`ylab sayyohlikni rivojlantirish xalqaro loyihasining Samarqand deklarasiyasi qabul qilingandi.
2004 yildan beri Samarqandda YuNVTO vakolatxonasi faoliyat yuritadi.





