AsosiyShou-biznes

Antonio Banderas va Melani Griffit ajralishmoqda

Gollivud akteri Antonio Banderos va Melani Griffit ajralishga qaror qilishdi. Ular 18 yillik turmushdan so`ng ushbu qarorga kelishdi. 

“RIA Novosti” xabar berishicha, ajralish fikri 56 yoshli aktrisa Melani Griffitdan chiqqan. U ushbu qarorga “chidab bo`lmas tushunmovchilik”larni sabab qilib ko`rsatdi. Griffit sentyabr oyida 18 yoshga to`ladigan Stella ismli farzandlari tarbiyasida qolishi huquqini va 53 yoshli Antonio Banderasdan aliment berishini talab qilmoqda. 

Ushbu ajralish mashxur aktyor Antonio Banderas uchun ikkichisi, Griffit uchun to`rtinchisi. Juftlik hozircha ajralish yuzasidan rasmiy sharh berishmadi.

 

    Boshqa yangiliklar