AsosiyDunyo

Markaziy razvedka boshqarmasi Twitter’da akkauntga ega bo`ldi

Shanba kuni AQSh markaziy rezvedka boshqarmasi Twitter ijtimoiy tarmog`ida akkauntga ega bo`ldi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar beradi. 

“Biz buni tasdiqlay olmaymiz ham, rad ham qila olmaymiz, bu bizning birinchi tvit”, -deyiladi MRBning  @CIA profilidagi birinchi tvitida.  

Boshqarma profili tvitter tomonidan MRBga tegishli ekanligini tasdiqlandi va nishon bilan belgilandi. 

Hozirga kelib, akkauntga 300 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo`lgan. MRBning o`zi esa 25 akkauntga obuna bo`ldi. Ular orasida milliy xavfsizlik agentligi, oq uy va federal qidiruv byurosi akkauntlari mavjud.  

Shuningdek, MRB Facebook ijtimoiy tarmog`ida ham ro`yxatdan o`tdi.  
Bunga qadar boshqarma Youtube videoxostingi va Flickr tarmoqlarida ro`yxatdan o`tgan edi.   

 

    Boshqa yangiliklar