O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi Qonunining 53-moddasi va «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonunining 14-moddasiga asosan amaldagi bank qonunchiligi talablarini buzganligi sababli O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki «AMIRBANK» xususiy ochiq aksiyadorlik-tijorat bankidan bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyani chaqirib oldi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti xabar berdi.





