AsosiyDunyo

KXDRda sayohatchi mehmonxonada Injilni qoldirib ketgani uchun qo`lga olindi

Shimoliy Koreyada AQShlik sayyohatchi mehmonxonada Injilni qoldirib ketgani uchun qo`lga olindi. Sayohatchi mamlakatga 29 aprel kuni tashrif buyurgan edi, ketish arafasida esa qo`lga olindi. 

KXDR hukumati qo`lga olingan shaxs sayyohatchi sifatida mamlakatga tashrif buyurgani, ammo u sayohat bilan bog`liq bo`lmagan faoliyat bilan shug`ullangani haqida xabar berdi. 

Koreya markaziy axborot telegrafi xabariga ko`ra, u AQSh fuqarosi Jeffri Edvard Foul ekan.  CNN telekanali qayd etishicha, u tashkil etilgan bir guruh sayohatchilar bilan tashrif buyurgan va may oyining o`rtalarida qo`lga olingan. 

AQSh hukumatining bu voqeadan xabardor. AQSh davlat departamenti KXDRdagi uchinchi AQSh fuqarosi qo`lga olinganidan havotirga ekanliklarini bildirishgan. Ammo, ortiqcha ma`lumotlarni oshkor qilishmadi. 

Aprel oyida yana bir AQSh fuqarosi KXDR hududida qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi.  Miller Metyu Todd o`zining turistik vizasini yirtib tashlagan va ushbu mamlakatdan siyosiy boshpana so`rashini ma`lum qilgan edi.  Shimoliy Koreyada AQSh elchixonasi bo`lmagani sababli uning ishi bilan shvesiyalik diplomatlar shug`ullanishmoqda. 

    Boshqa yangiliklar