AsosiyDunyo

“Sevol” halokati qurbonlari soni 289 nafarga etdi

Bugun yana bir yo`lovchining jasadi topilganidan so`ng, “Sevol” halokat qurbonlari soni 289 nafarga etdi, deya xabar beradi ITAR-TASS.

44 yoshli erkak kishining jasadi cho`kkan kema huddudidan 35 km uzoqlikda topildi. Taxminlarga ko`ra, jasadni suv oqimi kemadan olib chiqqan. Ma`lum bo`lishicha, kishi turmush o`rtog`i va ikki o`g`li bilan orolga dam olish uchun yo`l olgan edi. Afsuski, fojeada faqatgina uning 7 yoshli o`g`li omon qoldi. 

Hozirgi kunga kelib, 15 nafar yo`lovchi bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha kunga to`xtatilgan qidiruv-qutqaruv ishlar qayta boshlandi.

Hukumat hozirda 40 metr chuqurlikdagi kemani ikki kran yordamida ko`tarish masalasini ko`rib chiqishmoqda.

Eslatib o`tamiz, bortda 476 kishi bo`lgan "Sevol" yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ulardan 325 nafari Chejudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilar edi.

    Boshqa yangiliklar