Mashhur okeanolog Jak Iv Kustoning nabirasi Fabian Kusto iyun oyining so`nggi kunigacha suv ostida o`tkazmoqchi.
CNN telekanalining xabariga ko`ra, Florida yaqinida joylashgan “Akvarius” suv osti laboratoriyasi bir oy davomida Fabian uchun uyga aylanadi.
Fabian Kusto va ularning jamoasi iqlim o`zgarishi va ifloslanishning okean hayotiga ta`sirini o`rganishadi. Tadqiqot 31 kun davom etishi munosabati bilan operasiya “Misson 31” deb nomlandi.

Ushbu tadqiqotning o`tkazilishi Jak Iv Kustoning 30 kun davom etgan tadqiqotining 50 yilligiga to`g`ri keldi.
Agarda Fabian Kusto o`zining tadqiqotini muvaffaqiyatli yakunlasa, “Misson 31” tarixdagi eng uzoq davom etgan suv osti tadqiqotiga aylanadi.





