AsosiyDunyo

Kanadalik “Rembo” polisiyaga hujum qildi (FOTO)

Kanadaning Nyu-Bransuik polisiyasi ikki pulemyot bilan qurollangan, Rembo libosidagi noma`lum shaxsni qidirmoqda.  Mahalliy polisiya matbuot kotibi Pol Grinning aytishicha, 3 kishi halok bo`lgan, 2 kishi og`ir ahvolda.  

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, Kanada qirollik polisiyasi o`zining tvitterida qotilning suratini taqdim etdi. U 24 yoshli Jastin Borg bo`lib chiqdi.

Polisiya ofiseri Denni Leblank jurnalistlar savoliga javob berar ekan xarbiy formada, qo`lida  ikki pulemyot bilan polisiya xodimlari avtomobili tomon yaqinlashayotgan yigitni ko`rishgani va avvaliga buni hazil tariqasida qabul qilishganini aytib o`tdi.  Ammo, keyinchalik o`q uzildi.

“Bu dahshat, nima deyishni ham bilmayman. U huddi o`rmonga ovga chiqqandek edi. Unda xarbiy kamon va pichok bor edi”,-deydi Leblank.

Hozirda polisiya shahardan chiqish yo`llarini yopib qo`ygan, barcha turdagi transport vositalari harakati to`xtatildi.  

    Boshqa yangiliklar