Turmush o`rtog`i bilan Hind okeani bo`ylab sayyohat qilgan britaniyalik Ketrin Ti uch oy oldin yo`qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli laynerni yonayotgan holatda ko`rganini aytmoqda, deya yozadi Daily Telegraph.
“Men yonayotgan samolyotga o`xshagan obektni ko`rdim. Men esimdan og`dim deb o`yladim. Samolyot ortidan esa qora tutun izlari qoldi”,-deydi 8 mart kuni Tailand yaqinida bo`lgan ayol.
Ketrin Ti ushbu voqeani stress holatida bo`lgani uchun unga ko`ringandek bo`lib, ko`p vaqt saqlab yurdi. Shundan so`ng K.Ti samolyot uchgan yo`nalishi to`g`risidagi ma`lumotni Malayziya hukumatiga taqdim etdi. Ushbu ma`lumotlar esa samolyotning yo`nalishi bilan to`g`ri keldi.
Shuningdek, u yonayotgan layner atrofida yana ikki samolyot parvoz qilgani haqida aytdi.
“O`sha vaqtda Boeing’dan yuqori qarama-qarshi yo`nalishda ikki samolyot harakat qilayotgan edi. U ikki samolyotning navigasion chiroqlari yoqiq edi. Agarda birinchi samolyot haqiqatdan ham yonayotgan bo`lsa, bu ikki samolyot bu haqda xabar berishadi deb o`yladim”,-deya qayd qilib o`tdi ayol.
May oyida Malayziyaning yo`qolgan Boeing samolyoti harbiylar tomonidan urib tushirilganligi tahmin qilingan edi.
Fantast yozuvchi Naydjel Kourson o`zining Reys 370 haqidagi kitobida AQSh va Tailand harbiylari o`quv mashg`ulotlari davomida ushbu laynerni urib yuborganliklarini yozdi. Koursonning aytishicha, shu tufayli qidiruv ishlari ataylab noto`g`ri yo`nalish tomon o`zgartirilgan.
Eslatib o`tamiz, 24 mart kuni Malayziya bosh vaziri va Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyot halokatga uchragani va uning bortidagi barcha yo`lovchilar va ekipaj a`zolari halok bo`lganini ma`lum qilgan edi.
Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot 8 mart kuni parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Layner bortida 227 nafar yo`lovchi hamda 12 ekipaj a`zosi bo`lgan.





