Misr sobiq mudofaa vaziri Abdulfattoh as-Sisiy mamlakatda o`tkazilgan prezidentlik saylovlarida g`alaba qozondi, bu haqda Reuters agentligi Misr markaziy saylov komissiyasiga tayanib xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, saylovda as-Sisiy 96,91 foiz ovoz to`plagan. Uning raqibi Xamdina Sabbohiga esa misrliklarning 3,09 foizi ovoz bergan.
Markaziy saylov komissiyasi ta`kidlashicha, saylovda aholining 47 foizi - 25 million kishi qatnashdi.





