2 iyun kuni Tehronda sodir bo`lgan qum bo`roni oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, deya xabar bermoqda Trend nashri.
Eron favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashkilotining xabar berishicha, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 20:00da besh kishining o`limi va 44 nafar jarohatlanganlar haqida ma`lum bo`lgan.
Mazkur hududda shamol tezligi soatiga 110 kilometrgacha etgan.





