Joriy yildan e`tiboran O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga qarashli barcha 15 ta sanatoriy va 2 ta dam olish hududida bolalar xonasi hamda maydonchalari tashkil etiladi.
Mazkur qaror ota-onalar va bolalarning dam olishlari uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Hozirda bu borada amalga oshiriladigan ishlar deyarli nihoyasiga etdi. Mustasno tarzda faqat kattalar dam oladigan “Turon” va “Chinobod” sanatoriylarida dam oluvchilar faqat kattalardan iborat bo`ladi. Biroq bu erda ham yaqinlarini ko`rgani kelgan bolalarni inobatga olgan holda ular maxsus maydonchalar tashkil etiladi.
Mazkur xonalarda bolalar professional tarbiyalanuvchilar nazorati ostida bo`lib, vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun barcha sharoitlar bo`ladi.





