O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi qaroriga asosan, hamda favqulodda chaqiruv va ma`lumot olish raqamlarini xalqaro andozalarga moslashtirish maqsadida telefon raqamlari o`zgarganligini ma`lum qiladi.
Unga ko`ra, 2014 yil 26 maydan boshlab barcha Ucell abonentlari uchun yong`in xavfsizligi 01 dan 101 raqamiga, milisiya 02 dan 102 ga, tez yordam 03 dan 103 ga, gaz xizmati 04 dan 104 ga, ma`lumot olish xizmati 09 dan 109 ga, qutqaruv xizmati 050 dan 1050 ga va boshqa xizmatlar 0XX dan 10XX raqamiga o`zgardi.





