Futbol bo`yicha Avstraliya terma jamoasi “Jahon chempionati-2014” ishtirokchilari orasida birinchi bo`lib Braziliyaga etib keldi. Bu haqda FIFA bosh kotibi Jerom Valke o`z tvitterida ma`lum qildi.
Ushbu musobaqada Avstraliya B guruhida Ispaniya, Chili, Gollandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Yashil qita vakillari ilk uchrashuvlarini 14 iyun kuni Chili terma jamoasiga qarshi o`tkazishadi.
Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati 12 iyundan 13 iyulgacha Braziliyada bo`lib o`tadi.





