Ikki oy mobaynida 2018—2021 yillarda maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimini ishga tushirish bo`yicha «yo`l xaritasi», 2018 yilning 1 noyabridan esa qattiq chiqindilarni boshqarish borasida Milliy strategiya loyihasi tayyorlanishi ko`zda tutilmoqda.
Oxirgi bir yarim yil ichida 9 ta shaharda 1,2 million tonnadan ortiq chiqindilarni jamlash, saralash, tashib chiqish, utilizasiya qilish va qayta ishlash bo`yicha klasterlar ishga tushirildi.
Shuningdek, respublikada 13 ta «Toza hudud» hududiy unitar korxonasi va ularning 174 ta filiali tashkil qilinib, kerakli maxsus texnika bilan ta`minlandi. Natijada aholiga sanitar tozalash xizmatlari ko`rsatish hajmi 10 baravar oshdi.






