O`zbekistonning Ukrainadagi diplomatik vakolatxonasi qo`llab-quvvatlashi bilan “Ukr-Uzavto” kompaniyasi tomonidan Kiev shahrida “Ravon R3” yangi modelining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.
“AIG Avtokonsalting” ma`lumotlariga ko`ra, “Ravon” brendi “Mercedes–Benz”, “Audi”, “Suzuki”, “Peugeot”, “Citroyon” rusumlarini ortda qoldirib, Ukrainada eng ko`p sotilayotgan etakchi o`nta avtomobil qatoridan joy oldi.
“Jahon” AAning yozishicha, bundan oldin “Ravon R2” ukrain bozorida ulkan muvaffaqiyatga erishgandi. U o`z turkumi bo`yicha so`zsiz tengsizga aylanib, “2018 yilda Ukrainada yil avtomobili” maqomiga yaqqol da`vogarlik qilib turibdi.
O`z navbatida, “Ravon R4” shahar sharoitiga moslashgan sedan savdosi o`sib borayapti. Masalan, 2017 yil sentyabr oyida ushbu model “B-High Low Cost” yo`nalishida 4-o`ringa ko`tarilib oldi.
“Ravon Gentra” ham o`z “hamyurtlari”dan ortda qolmayapti. U o`tgan yil sentyabr oyida “C-High Low Cost” yo`nalishida umumiy hisobda ikkinchi pog`onani band etdi.






