AsosiyJamiyat

Buxoroda 32 million so`mga yaqin tilla taqinchoqlarni o`g`irlab ketgan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda 32 million so`mga yaqin tilla taqinchoqlarni o`g`irlab ketgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro shahar IIBga Poyi Ostona ko`chasi 18 uyda yashovchi uy bekasi Marhabo Ikramova ariza orqali murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB.

Fuqaro o`z arizasida 25 fevraldan 27 fevral kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs uning uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi jami bahosi 31 688 000 so`mlik turli xildagi tilla taqinchoqlari, 100 000 so`m naqd pullari va 1800 AQSh dollarini yashirin ravishda o`g`irlab, jabrlanuvchiga katta miqdorda moddiy zarar etkazib, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.

Ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Sh.Hamroev MFY G`alla qishlog`ida yashovchi 1995 yilda tug`ilgan Muhriddin Fayzullaev sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Fayzullaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) 2-qismi «b» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar