AsosiyShou-biznes

O`zbek teatrining aktrisasi vafot etdi...

'O`zbek teatrining aktrisasi vafot etdi...'ning rasmi

Kecha, 8 mart kuni O`zbek Milliy Akademik drama teatri aktrisasi Hilola Toshmuhammedova vafot etdi...

Teatr aktyori Botir Muhammadjonovning ma`lum qilishicha, aktrisa 7 mart kuni qon bosimi keskin tushib ketishi sababli shifoxonaga yotqizilgan. Oradan bir kun o`tib esa olamdan ko`z yumgan.

Eslatib o`tamiz, Hilola Toshmuhammedova tamoshabinlarga 2016 yil suratga olingan “Orzular fasli” seriali orQali yaxshi tanish.

Aktrisa teatr sahnasida so`nggi roli “Revizor” spektaklida bo`lgan.

Fursatdan foydalanib, marhum aktrisaning oila a`zolari va yaqinlariga o`z hamdardligimizni bildiramiz.

    Boshqa yangiliklar