AsosiyJamiyat

Nogironlar uchun shaxsiy avtotransportdan foydalanishda qulayliklar yaratiladi

'Nogironlar uchun shaxsiy avtotransportdan foydalanishda qulayliklar yaratiladi  'ning rasmi

O`zbekiston Hukumati mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni nogironlar uchun maxsus moslamalar bilan jihozlash hamda savdo markazlari parkovkalarida nogironlar uchun joy ajratish haqida maxsus qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligining matbuot xizmati.

“Nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi”, — deyilgan xabarda.

Qarorda belgilanishiga ko`ra, respublikada ishlab chiqarilgan engil avtomobillar, nogironlar buyurtmasiga asosan, “GM Uzbekistan” AJ rasmiy

dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali maxsus uskunalar bilan qayta jihozlanadi. Ushbu maqsadda, “O`zavtosanoat” AJga 2019 yil 1 yanvarigacha o`z rasmiy dilerlarini zarur vosita va uskunalar bilan ta`minlash vazifasi yuklandi.

Undan tashqari nogironlarga tegishli bo`lgan yoki ana shunday kishilarga xizmat ko`rsatuvchi avtomobillar uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob`ektlar hududlaridagi to`xtab turish joylari umumiy maydonining 5 % (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari to`xtab turishi uchun ajratiladi.

Ana shunday to`xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun nogironligi bo`lgan shaxslar va 16 yoshgacha nogiron bolasi bo`lgan ota-onalardan haq olinmaydi.

    Boshqa yangiliklar