AsosiyJamiyat

“Paxtakor”ning navbatdagi o`yinidan omadli muxlis yangi avtomobil bilan ketadi

20 may kuni oliy ligada 9-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. “Paxtakor” unda Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan Toshkentda maydonga tushadi.

“Paxtakor” futbol klubi o`yinga tashrif buyuradigan muxlislar uchun ajoyib sovg`a hozirlagan. Bu haqda “Paxtakor”ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar qoldirilgan.

“Paxtakor”- “Navbahor” bahsiga tashrif buyurganlar “Sog`lom bola yili”ga bag`ishlangan “Omadli muxlis” ijtimoiy aksiyasida ishtirok etish va asosiy esdalik sovg`a sifatida avtomobil yutib olish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Shuningdek, aksiyada futbol to`plari, sport kostyumlari, jamoa liboslari, klub tarixi haqidagi kitoblar va “Fitness House” sog`lomlashtirish majmuasiga abonementlar ham o`z egalarini topadi. “Omadli muxlis” ijtimoiy aksiyasi ishtirokchisiga aylanish uchun chipta xarid qilish kifoya. Chiptalarni “Paxtakor” Markaziy stadioni kassalaridan 5000 so`mga harid qilish mumkin.

“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi 20 may “Paxtakor” Markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi. 

    Boshqa yangiliklar