AsosiyJamiyat

Islom Karimov Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati ochiqligi to`g`risidagi Qonunga imzo chekdi

5 may kuni Prezident Islom Karimov “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi qonunga imzo chekdi.

Mazkur hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 11 martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda ma`qullangan bo`lib, Qonunning maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

Qonunning asosiy vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to`g`risidagi axborotdan foydalanishini ta`minlash, axborot olish huquqining kafolatlarini ta`minlash, mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas`uliyatini oshirish hamda axborot tarqatish tartibini belgilashdan iborat.

Ushbu Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo`linmalari faoliyatining ochiqligini ta`minlashga nisbatan tatbiq etiladi. 

Mazkur Qonun 4 bob va 24 moddadan iborat bo`lib, Qonunning to`liq matni bilan “Xalq so`zi” gazetasida tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar