Afg`onistonning Badaxshon viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 2500 dan ortiq kishi halok bo`ldi.
5 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Homed Karzayga ko`plab insonlarning nobud bo`lgani va jiddiy talofatlar ko`rilgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Ko`chki tog` etagida joylashgan Xobo Barik qishlog`ida sodir bo`ldi. 100 ga yaqin kishi qutqarib, kasalxonaga etkazilgan. Halok bo`lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Xabar qilinishicha, qishloqda 1000 ga yaqin oila isteqomat qiladi. 300 dan ortiq uyga zarar etgan. Hukumat ko`chki qurbonlari soni 2,5 mingtaga etishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Mazkur tabiiy ofat qurbonlari hotirasiga yakshanba kuni Afg`onistonda milliy motam kuni deb e`lon qilindi.





