AsosiyJamiyat

T-6 bojxona deklarasiyasini istalgan joyda to`ldirish imkoni paydo bo`ldi

O`zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yoki chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar endi T-6 shaklidagi bojxona bayonnomasi blankasini Davlat bojxona qo`mitasi veb-saytidan ko`chirib olishlari mumkin.

Ushbu interaktiv xizmatni joriy etish quyidagi qulayliklarni yaratadi:

- jismoniy shaxslar T-6 shaklidagi bojxona bayonnomasini kompyuter yordamida o`zlariga qulay bo`lgan vaqtda va bojxona postidan tashqarida (ofis, ish joyi yoki uyda) istalgan joyda to`ldirishlari mumkin;

- jismoniy shaxslar bojxona postlaridagi bayonnomalarni to`ldirish ustunlarida navbat kutish, o`zlari tanlagan tildagi blankalarni izlash kabi juz`iy muammolarga duch kelishmaydi hamda yo`lovchilarning vaqti tejaladi.

- T-6 shaklidagi bojxona bayonnomasini elektron shaklda to`ldirish vaqtida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni o`sha vaqtning o`zida tuzatish imkoniyati mavjud;

Deklarasiyani PDF formatida saytdan ko`chirib olgandan so`ng unga tegishli ma`lumotlarni kiritish mumkin.

    Boshqa yangiliklar