Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda «Kazinform» Oqo`rda matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.
Muloqotda Sochida 29-30 yanvar kunlari bo`lib o`tgan Suriya milliy kongressi muzokaralari muhokama qilingan, Nazarboev Suriya muammosini hal etishda Rossiyaning ko`magi muhim bo`lganini alohida ta`kidlagan. Shuningdek tomonlar Evrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi ishtirok va harakatlar masalasini ham muhokama qilishgan. Bundan tashqari, bir qator mahalliy va xalqaro masalalarga ham to`xtalishgan.






