AsosiyJamiyat

Jizzaxda “Tez tibbiy yordam”ning kechikib borish holatlari 65 foiz kamaydi

'Jizzaxda “Tez tibbiy yordam”ning kechikib borish holatlari 65 foiz kamaydi'ning rasmi

Jizzax viloyatida bir yil ichida “Tez tibbiy yordam” shoxobchalari soni 19 tadan 45 taga etkazildi. Xarid qilingan “Hyundai”, “NISSAN”, “Damas-ambulans” rusumli 102 ta yangi avtomashina hisobiga chaqiruv manziliga kechikib borish holatlari 65 foiz kamayib, moliyalashtirish 2, dori vositalari bilan ta`minlash 3 baravar oshdi deb yozadi «Xalq so`zi» muxbiri.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali xorijiy moliya institutlarining 3,4 million AQSh dollari miqdoridagi kredit va grant mablag`lari hisobiga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlandi.

Shifokorlar faoliyati to`g`ri yo`lga qo`yilishi natijasida aholining tor doiradagi mutaxassislar xizmati uchun markazga qatnash darajasi 16-17 foiz kamayishiga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar