Olimlar Shvesariyaning Bazel shahridan 1975 yilda topilgan, mo`miyolangan ayol jasadi Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning katta buvisi ekanligini aniqlashdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mo`miyolangan jasad Bazel shahridagi Barfyusser cherkovini ta`mirlayotganda topilgan edi. Ayol mehrobga yaqin joyga dafn etilgan. Jasad tekshiruvdan o`tkazilganda u yaxshi taomlar iste`mol qilgani, qimmatbaho kiyimlar kiygani aniqlangan. Uning nomi oshkor etilmadi. Ayol o`tmishda juda boy yashagan.
Qabr toshida ham ayolning tug`ilgan va vafot etgan sanasi, ismi-sharifi ko`rsatilmagan. Tekshiruv ishlarini olib borgan olimlar tobut yog`ochiga qarab, ayolning XVI asrda yashab o`tganligini taxmin qilishdi.
Mo`miyo bilan Boris Jonson orasidagi qarindoshchilikni qanday aniqlashganligi haqida olimlar ma`lumot berishmadi.





