AsosiyDunyo

Parijni suv toshqinidan qochgan kalamushlar bosib ketdi (Video)

'Parijni suv toshqinidan qochgan kalamushlar bosib ketdi (Video)'ning rasmi

Parij ko`chalarini suv toshqinidan qochgan kalamushlar bosib ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Qirg`og`idan toshgan Sena daryosi kalamush inlarini suvga to`ldirgandan keyin kalamushlar yangi makon izlashga majbur bo`lishdi. “Bu ular ko`payib ketdi, degani emas. Chunki biz ularni har kuni ham ko`rmavermaymiz”, deb holatga izoh berdi kalamushlar bo`yicha ekspert Per Falgirak (Pierre Falgayrac).

Parij axlatxonalaridan birida ishlovchi xodim kalamushlar qaynab-toshayotgan axlat bakini videoga oldi. Uning aytishicha, hamkasblari muntazam ravishda kalamushlarning hujumiga uchraganligini, hatto ulardan birining tomog`iga kalamush yopishib, qo`lini tishlab olganligini ma`lum qildi.

Sena daryosida suvning 3,3 metrga ko`tarilishi natijasida qirg`oqqa yaqin joyda avtomobil yo`llarini suv bosgan. Luvr muzeyi ham vaqtincha yopilgan.


    Boshqa yangiliklar